25/10/2021

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-son farmoni qabul qilingan. Farmonda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, har haftaning shanba va yakshanba kunlari boshqarma hodimlari o‘rtasida kelishilgan holda sport to‘garaklari tashkil etilib borilmoqda.

Matbuot xizmati