29/10/2021

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 3886,6 mlrd.so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 55,9 % ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 77,9 ming tonna – go‘sht (tirikvaznda), 241,3 ming tonna – sut, 248,3 mln. dona – tuxum, 0,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi yetishtirildi.

 

Matbuot xizmati