Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va MDH statistika qo’mitasi raisi Sokolin Vladimir Leonidovich Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish ishlari bilan tanishdi.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod o’tkazilmoqda.
Matbuot xizmati