2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln. dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln. donaga oshgan.
O‘zbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 79,5 mln.
Vyetnam – 60 mln.
Hindiston – 7,2 mln.
Qozog‘iston – 5,3 mln.
BAA – 1,4 mln.
Germaniya – 647 ming
Rossiya – 175,8 ming AQSh dollari
Matbuot xizmati