01/12/2021

   Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.

   Joriy yilning 30-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga Boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari qatnashdi.

   Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov ochib berdi kun tartibidagi masalalarni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirib shundan keyin so‘zni boshqarmaning v.v.b bosh yuriskonsult G.Nurmanovaga berdi. “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni ham da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyulda qabul qilingan  “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilganligini tushuntirilib Farmonlar mazmun-mohiyati qisqacha  qilib seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Axborot xizmati