Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida joriy yilning 3 dekabr kuni boshqarma, shahar va tuman yoshlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda yoshlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2021 yil 29 noyabr kuni 30-sonli bayonida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan boshqarmaning yoshlar kengashi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbir rejasi va uning mazmun-mohiyati, amalga oshirish mehanizmlari tanishtirilib o‘tildi.
Ushbu ishlab chiqilgan chora-tadbirga asosan “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida joriy yil davomida erishilgan natijalar sarhisobi va istiqboldagi rejalarni belgilash, shuningdek turli sohalardagi zamonamiz qahramonlarini kashf etish uchun maydon yaratish, yoshlarni jismonan sog'lom, ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalash, ilimiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohatlarga faol jalb qilish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish, yoshlar o‘rtasida ilm-fanni yanada rivojlantirish, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish orqali yuksak madaniyatli va vatanparvar yoshlar harakatlarini tashkil etish yuzasidan tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarni barcha hududlar markazidagi yirik kutubxona, kino, muzey va teatrlarga tashriflarini tashkil etish, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni, «Yashil makon» aktsiyasida faol qatnashishlari aytib o‘tildi.
Matbuot xizmati