13/01/2022

     Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 4308 ta yangi korxona va tashkilot tashkil qilingan. 

2020- yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 97,0 % ni tashkil qilgan. 

2021- yilning oylar kesimidagi tahlillarga ko‘ra, respublikamizda fevral oyida (485 ta) eng ko‘p yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. 

Xususan, ularning soni:

  • yanvar oyida – 319 ta,
  • fevral oyida – 485 ta,
  • mart oyida – 467 ta,
  • aprel – 384 ta,
  • may oyida – 341 ta,
  • iyun oyida – 370 ta,
  • iyul oyida – 379 ta,
  • avgust oyida – 276 ta,
  • sentabr oyida – 312 ta,
  • oktabr oyida – 280 ta,
  • noyabr oyida – 283 ta,
  • dekabr oyida – 412 tani tashkil qilgan.

Matbuot xizmati