2021- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4772,6 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilga nisbatan oʻsish surʼati 110,5 % ni tashkil etdi.Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 335,4 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 7,0 % ga teng.Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 4437,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 93,0 % ga teng.Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 603,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3320,2 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.
Matbuot xizmati