26/01/2022

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil etdi.

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 67,6 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 106,5 % tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 32,4 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 93,9 % tashkil etdi.

Matbuot xizmati