01/02/2022

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Respublika budjeti hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi uchta hududda kuzatildi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida hududdagi jami investitsiyalarning 12,7 % i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.

Bu ko`rsatkich bo`yicha eng kichik ulush Navoiy viloyatida kuzatilib, jami investitsiyalarning 4,0 % ini tashkil etdi.

Matbuot xizmati