14/02/2022

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni - 4851,7 ming taga yetdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni –108,4 ming taga 2,3 % ga ko‘paydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha parrandalarning umumiy bosh soni, ming bosh

Ma'lumot o‘rnida, 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 83,8 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Matbuot xizmati