2021--yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 26 250,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga o‘sdi. Respublikabimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida– 103,7 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 28,8 %), sanoatda – 107,4 % (26,7 %), qurilishda – 110,5 % (8,5 %), xizmatlar sohasida – 109,7 % ni (36,0 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 13 558,6 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,0 % ga yuqoridir.
Matbuot xizmati