Ishonchli ma’lumotlarni qamrab olish va to‘plash maqsadida hamda ko‘p sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish bo‘yicha yangilangan eStat4.0 axborot tizimining joriy etilishini inobatga olgan holda taqdim etish muddati 2022- yil 25- fevral sanasiga belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddatini 2022- yil 4- mart (juma kunini ham o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:
1-kb (yillik) shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning 2021 yil uchun hisoboti” (mazkur hisobotning barcha ilovalari bilan birga);
1-fx (yillik) shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2021 yil uchun hisobot”.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechikmasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.
26/02/2022