28/02/2022

   2021- yil IV chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 744 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 292 (39,2%) tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 403 (54,2%) tasi subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 49(6,6%) ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi)

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 9,9 % (74 ta),

sanoatda – 14,2 % (106 ta),

qurilishda – 10,2 % (76 ta),

savdoda – 38,0 % (283 ta),

xizmatlar sohasida – 27,6 % (205 ta) ni tashkil etdi.

 

Matbuot xizmati