02/03/2022

   2022- yilning yanvar oyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 368,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yil ning yanvar oyiga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

Yirik qurilish tashkilotlari - 7,3

Norasmiy sektor - 19,5

Kichik korxona va mikrofirmalar - 73,2

 

Matbuot xizmati