02/03/2022

    Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 1394,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 101,3 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi (83,7 %) ni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining - 1,9 % ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning –6,5 % ga, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish- 4,9 % ga  o‘sishi kuzatildi.

Matbuot xizmati