Joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport xizmatlari hajmi 180,2 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 139,7 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 26,2 % ni tashkil etdi.
Turlari bo‘yicha transport xizmatlarining tarkibi (2022- yilning yanvar oyida)
Quruqlikdagi transport va quvurlar orqali etkazib berish bo'yicha xizmatlar - 97,3 %,
Pochta va kuryerlik xizmatlar - 0,5 %,
Omborxona va yordamchi transport xizmatlari - 2,2 % ni tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar oyida transport xizmatlari umumiy hajmida Quruqlikdagi transport va quvurlar orqali etkazib berish bo'yicha xizmatlarining ulushi 97,1 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati