Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1271 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 14982,8 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yil yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,0 % ni tashkil etdi.Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 51,0% (29 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 40,1% (134 ta), hamda Toshkent shahri 6,6 % (331 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati