17/03/2022

    2022- yilning yanvar-fevral oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 653,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

Yirik qurilish tashkilotlari - 5,7

Norasmiy sektor - 21,6

Kichik korxona va mikrofirmalar - 72,7

 Matbuot xizmati