29/03/2022

    2022- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,6 % ni tashkil etdi yoki 141,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 128,7 % ni tashkil etdi.

    Ma'lumot o‘rnida, Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  26,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 627,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 4,0% va 96,0 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati