01/04/2022

   2022- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida moliyaviy xizmatlar hajmi 311,7 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. 2021- yil yanvar-fevral oylarida ularning hajmi 233,8 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. 2022- yilning yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar hajmining umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.

   Ma'lumot o‘rnida, Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.

Matbuot xizmati