06/04/2022

2022- yilning yanvar-fevral oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo xizmatlarining hajmi 306,4 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 21,6 % ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tishini ta’minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma’lum bir davlat ichida savdo tovarlarini iste’molchiga yetkazib berishdek zarur vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.

Matbuot xizmati