Joriy yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 84 tani tashkil etib, ular tomonidan 54,1 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,0 % ni tashkil etib, ular asosan kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (76,9 %), sanoat tovarlari (10,3 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (6,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,6 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Matbuot xizmati