07/04/2022

    2022- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 410,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 14,8 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 7,4 % ga oshganligi kuzatildi.

Matbuot xizmati