2022- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 5 689,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2021-yilning yanvar-mart oylariga narxlarga nisbatan 108,3 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 mln. 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,3 % ga yuqoridir.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qo‘shgan hissasi 3,5 % ga yetdi.
Axborot xizmati