2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati 16,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 425,3 ming tonna sement import qilingan. Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 188,4 ming tonna
Qirgʻiz R. – 121,4 ming tonna
Qozogʻiston – 111,8 ming tonna
Eron – 1,9 ming tonna
Turkmaniston – 1,5 ming tonna
Rossiya – 206 tonna
Axborot xizmati