07/05/2022

    2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 3,7 % ga o‘sdi va 5 689,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,2 % (YAHM tarkibidagi ulushi –12,4 %), sanoatda 101,8 % (33,4 %), qurilishda 101,0 % (8,4 %) va xizmatlar sohasida 106,2 % (45,8 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,3 % ga o‘sdi va 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Axborot xizmati