11/05/2022

    Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,6 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 tonnaga kamaygan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 898 tonna

Qozogʻiston – 433 tonna

Qirgʻiz R. – 246 tonna

 Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 594 tonna

Toshkent viloyati – 334 tonna

Xorazm viloyati – 226 tonna

Surxondaryo viloyati – 147 tonna

Axborot xizmati