O‘zbekiston Respublikasi eksport-importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini ta’minlash, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 5-maydagi 28-son buyrug‘i bilan joriy yilning 10-mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazilishi belgilangan.
Shumunosabatbilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov va Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan mazkur kuzatuvlarni samarali ashkil etish maqsadida joriy yilning 13-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
O'quv seminarida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolariga mazkur kuzatuvni sifatli tashkil etish, kuzatuv jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarni oldini olish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati