2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln.AQSH dollariga teng boʻlgan 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Italiya – 41,7 tonna
Braziliya – 39,3 tonna
Rossiya – 22,2 tonna
Vyetnam – 22 tonna
Turkiya – 6 tonna
Belarus – 4,7 tonna
Germaniya – 2,8 tonna
Kolumbiya – 2,5 tonna
Portugaliya – 2,1 tonna
Axborot xizmati