27/06/2022

    2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 626,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 1,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YaHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 12,4 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 0,4 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 0,9 foiz punktga oshganligi kuzatildi.

Axborot xizmati