2022- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 27,6 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 2,7 % ga ko‘p. Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 75,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati