04/08/2022

    Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 133 tani tashkil etib, ular tomonidan 188,8 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 85,5 % ni tashkil etdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

    Eksport tarkibida tovarlar ulushi 97,9 % ni tashkil etib, ular asosan kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (67,6 %),sanoat tovarlari (14,0 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (11,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,1 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 

Axborot xizmati