Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 14 ta davlatdan qiymati 55,5 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan 319 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,6 ming tonnaga oshgan
2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston – 257,4 ming tonna
— Qozog‘iston – 23,4 ming tonna
— Rossiya – 14,5 ming tonna
— Qirg‘iziston R. – 8,9 ming tonna
— Eron – 5,6 ming tonna
— Аfg‘oniston – 4 ming tonna
— Niderlandiya – 3,9 ming tonna
— Belarus – 631,6 tonna
— Polsha – 559 tonna
Axborot xizmati