2022- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6,8 ming tonna poliz yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 3,6 % ga ko‘p. Poliz yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 52,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati