Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 10062,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyil oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,6 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,8 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati