26/08/2022

    Joriy yilning 26-avgust kuni Respublika suv sport turlari  boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan korrupsiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarning mazmun-mohiyati to’g’risida seminari tashkil etildi.

Seminarda "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori hamda Oʻzbeksdan Respublikasi Prezidentining «Korrupiyaga qarshi kurashish ishlarining samarodorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushintirishlar berildi.

Axborot xizmati