31/08/2022

     Aziz vatandoshlar!

   Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi ayyomi bilan samimiy muborokbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu Baraka va farovonlik tilaymiz.

    Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

    Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi mehnat jamoasi