06/09/2022

    2022- yilning yanvar-iyul oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 3 091,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-iyulga nisbatan o‘sish sur’ati 162,0 % darajasida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida sug‘urta xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 2 020,2 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

Hududlar boʻyicha sugʻurta xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 185,1

Andijon – 92,0

Buxoro – 87,7

Jizzax – 39,6

Qashqadaryo - 80,6

Navoiy - 69,5

Namangan – 87,7

Samarqand – 81,0

Surxondaryo – 40,8

Sirdaryo – 42,8

Toshkent - 92,4

Farg‘ona – 98,4

Xorazm - 73,7

Toshkent shahri - 2 020,2

Axborot xizmati