08/09/2022

    Joriy yilning 8-sentabr kuni belgilangan grafik asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari barcha MFYlar raislariga 2-DX "Dehqon xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi" Davlat statistika hisobotini topshirish yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.

   Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘lim boshli‘i N. Madreymov va tuman statistika boʼlimi boshliqlari tomonidan 2-DX “Dehqon va tomorqa xoʼjaliklari faoliyati toʼgʼrisida hisobot”ini shakllantirishda qishloq xoʼjaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hajmlari va hisobotlarni shaffof tarzda tayyorlash yuzasidan tayyorlangan lavhalar va maʼlumotlar orqali batafsil tushuntirildi.

 

 

Axborot xizmati