12/09/2022

    Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan  19 038 dona gaz plitalar eksport qilgan.

Gaz plitalar eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 10,7 mingtaga kamaygan.

Oʻzbekiston 7 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 10,8 mingta

Tojikiston – 3,8 mingta

Rossiya – 2 mingta

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning 7 oyi mobaynida Oʻzbekistonga 25 266 dona gaz plitalar import qilingan.

Axborot xizmati