2022- yilning avgust oyida respublika boʻyicha 4 123 ta ajrim holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni boʻyicha eng koʻp Toshkent shahri (530 ta) va Fargʻona viloyatida (508 ta) qayd etilgan boʻlsa, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri (2,2 promille) va Sirdaryo viloyati (1,8 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 160 ta
Andijon – 369 ta
Buxoro – 200 ta
Jizzax – 158 ta
Qashqadaryo – 251 ta
Navoiy – 114 ta
Namangan – 398 ta
Samarqand – 448 ta
Surxondaryo – 248 ta
Sirdaryo – 137 ta
Toshkent – 419 ta
Fargʻona – 508 ta
Xorazm – 183 ta
Toshkent sh. – 530 ta
Axborot xizmati