Joriy yilning 9-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan “Shayırlar awılı” MFYda seminar o‘tkazildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 23-avgust № 01/1-23-12/3-60-sonli xatida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori, shuning bilan birga keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar soʻnggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Axborot xizmati