2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 45 mln. AQSH dollariga 59 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,1 ming tonnaga koʻp.
Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 47,9 ming tonna
Qozogʻiston – 6 ming tonna
Eron – 1,1 ming tonna
2022- yilning 8 oyida xorijga eng koʻp mosh eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 15,7 ming tonna
Jizzax viloyati – 15 ming tonna
Namangan viloyati – 8,2 ming tonna
Axborot xizmati