Joriy yilning 10–12- oktabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan salohiyatni oshirish maqsadida “Aholining sog’liqni saqlashga qilgan xarajatlarini hisoblash” bo’yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.
Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va O'zbekiston milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo’mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov va Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi stаtistikа boshqаrmаsi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i Iskandar Narbayev ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda Aholining moliyaviy himoya ko'rsatkichlarini tanlanma kuzatish uchun salohiyatni oshirish, aholining jami xarajatlardan sog’liqni saqlashga qilingan xarajatlarni hisoblab chiqish va tahlil qilinishini muvofiqlashtirish kabi mavzular o‘rganildi.
Seminar yakunida ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasida statistik metodologiya va amaliyotning barcha sohalarida tajriba almashildi.
Axborot xizmati