28/10/2022

    2022 yilning yanvar -sentabr oylarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (26 mln 905,4 ming soʼm) hamda Navoiy (20 mln 148,6 ming soʼm), Buxoro (15 mln 511,7 ming soʼm), Xorazm (14 mln 193,8 ming soʼm) va Toshkent (13 mln 284,3 ming soʼm) viloyatlarida oʼrtacha respublika darajasidan yuqori koʼrsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi koʼrsatkichlari Qoraqalpogʼiston Respublikasida (9mln 347,8 ming soʼm), Fargʼona (9 mln 720,7 ming soʼm), Namangan (10 mln 87,7 ming soʼm), Jizzax (10 mln 575,1 ming soʼm) viloyatlarida qayd etildi. 2022 yilning yanvarь-sentyabrь holatiga hamda 2021 yilning yanvar-sentyabr holatiga koʼra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real oʼsishi 108,4 foizni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati