07/10/2022

    Joriy yilning 7-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  4-oktabr kungi 564-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  qarori hamda   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may kungi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu  sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuning bilan birga, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini  ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi, keyingi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim tashkiliy-huquqiy islohatlar to‘g‘risida aytib o’tildi.

O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati