01/11/2022

    2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 71,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 mln. tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan.

2022- yilning 9 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Tojikiston – 736,3 ming tonna

Qirgʻiz R. – 509,4 ming tonna

Qozogʻiston – 464 ming tonna

Eron – 13 ming tonna

Turkmaniston – 11,6 ming tonna

Xitoy – 1,4 ming tonna

Rossiya – 1,0 ming tonna

Axborot xizmati