2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning shakllanishida Toshkent shahri 17,3 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,7 % va 7,9 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0 %) va Jizzax (3,0 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati