04/11/2022

    Joriy yilning 4-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida  “Korrupsiyasiz kelejak” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda boshqama boshlig‘i T. Ganiev  tarmoq bo‘lim boshliqlari, shahar va tuman statistika boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga oid qonun hujjatlarining mazmun mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik bazasi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushintirishlar berib o‘tilib,
2022- yilning III-chorak davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shuning bilan birga, joriy yilning 10-noyabr kuni kuchga kirishi kutilayotgan "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi 2022- yil 8- avgust kungi OʻRQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari va odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi,  Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 14 oktabr kungi 595-sonli  qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Seminar songgida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati